Ronaldu: Messiga hali ancha bor...

  • 13.03.2022 21:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya premer-ligasining navbatdagi turida Krishtianu Ronalduning xet-triki “Manchester Yunayted”ga “Tottenxem”  ustidan 3:2 hisobida g‘alaba keltirdi.

Statistika bo‘yicha mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu portugaliyalik to‘purar faoliyatidagi 59-xet-trik sifatida qayd etildi.

Ronaldu shu xet-triklardan 49 tasini klublar miqyosidagi uchrashuvlarda qayd etgan. Portugaliya terma jamoasi safida o‘n marotaba uchtadan gol urgan.

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Ronaldu dunyo rekordchisi hisoblanadi. Uning eng yaqin ta’qibchisi Lionel Messi hisobida 55 ta xet-trik bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!