Ronaldu: "Messigacha Argentina nechta jahon chempionligini qo‘lga kiritgan? Ular uchun bu odatiy holat"
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi va sardori Krishtianu Ronaldu Argentina terma jamoasi uchun katta turnirlarda g‘alaba qozonish odatiy hol ekani, uning Portugaliya terma jamoasidagi faoliyati boshlanguniga qadar esa terma jamoa sezilarli yutuqlarga erishmaganini ta’kidladi.
- Men uchun sen eng buyuk o‘yinchisan. Messi, menimcha, Argentina uchun ham eng buyuk futbolchi emas. Maradona undan yaxshiroq edi.
- Rahmat. Messigacha Argentina nechta jahon chempionligini qo‘lga kiritgan? Ular uchun bu normal holat. Argentina ham Braziliya kabi yirik turnirlarda g‘alaba qozonishga o‘rganib qolgan. Agar Portugaliya jahon chempionatida g‘alaba qozonsa, bu hammani hayratda qoldiradi.
Portugaliya bilan uchta chempionlikni qo‘lga kiritdim. Bungacha Portugaliya hech narsa yutmagandi. Men juda baxtliman, - dedi Ronaldu jurnalist Pirs Morganga bergan intervyusida You Tube-kanalidagi videoda.
Portugaliya terma jamoasi tarkibida 40 yoshli hujumchi Evro-2016 g‘olibi bo‘ldi, shuningdek, ikki marta Millatlar ligasida (2019, 2025) g‘olib chiqdi.



Fikrlar