Ronaldu Messining "Barselona"dagi maoshi bilan qiziqqanini bilarmidingiz?

  • 25 yanvar, 2023, 17:45
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"El Mundo Deportivo" nashrining xabariga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi "Real"dagi faoliyati davomida bir necha yil davomida argentinalik futbolchining maoshiga qiziqib yurgan. Bu savol Ronalduni shunchalik qiziqtirganki, u javobni "Barselona"ning o‘sha paytdagi prezidenti Xosep Bartomeudan olishga qaror qilgan.

Tecno

Krishtianu va uning sobiq agenti Jorje Mendesh taqdirlash marosimlarining birida Bartomeu bilan yo‘llari kesishgan va o‘sha erda Ronaldu kataloniyaliklar rahbaridan Messining klubdan qancha maosh olishini so‘ragan.

"Men sizga buni aniq ayta olmayman, lekin "Real" sizga ikki baravar ko‘p to‘laydi", - deb javob bergan Bartomeu.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!