Ronaldu o‘ziga jamoa tanladi

  • 13 mart, 2021, 13:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu yozda klubni tark etishi rostga o‘xshaydi. Turinliklar Evropa Chempionlar ligasida ketma-ket ikkinchi marta muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan keyin, klub rahbariyati xizmatlari ancha qimmatga tushayotgan Ronalduni sotib yuborishga qaror qilgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Tecno

Shundan so‘ng, portugaliyalik yulduzni o‘z tarkibiga qo‘shib olishni istagan jamoalar harakatga tushib qoldi. Da’vogar orasida “Inter Mayami”,  “Sporting”, “Real” kabi klublar nomi aytildi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Krishtianuning o‘ziga “Real”ga qaytish varianti ma’qul kelayotgan ekan. Chunki mashhur to‘purar faoliyatini yakunlashdan oldin yana bir bor Evropa Chempionlar ligasi sovrinini qo‘lga kiritishni rejalashtirgan. U bu maqsadiga “Real” bilan birga erishish osonroq, deb hisoblamoqda.

Krishtianu Ronaldu “Yuventus”dan oldin “Real”da to‘qqiz yil to‘p tepgan va jami 450 ta gol urib, klub  tarixidagi eng zo‘r to‘purar hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
14/03/2021 00:02
Сенга фақат Реал М ярашади Роналду. Зидан Билан зафар қучиш ярашади Роналду. Интер майами ва Спортингларни қуйиб тур Мадрид сари олға юр