Ronaldu o‘ziga jamoa tanladi

  • 24 mart, 2021, 18:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduning faoliyatida o‘zgarish yuz berishi kutilmoqda.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, portugaliyalik yulduz yozda jamoani tark etishga tayyor. 36 yoshli hujumchi “Real”ga qaytib, jamoaga yordam berishga qodirligiga ishonmoqda. Hozir Krishtianu “Qirollik klubi”dan taklif kutmoqda.

Ronaldu 2009-2018 yillar davomida “Real” tarkibida to‘p tepib, jami 15 ta sovrinni qo‘lga kiritgan. Mohir hujumchi aynan ushbu klubdagi o‘yinlari tufayli to‘rt marta “Oltin to‘p”ga ega chiqqan.

Ronaldu joriy mavsumda A Seriyada 24 ta uchrashuvda 23 ta gol urdi va uchta golli pas oshirdi. Uning asosiy maqsadi faoliyatini yakunlashdan oldin yana bir bor Evropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqishdir. Krishtianu bu maqsadiga “Real” bilan erishishiga ishonyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!