Ronaldu o‘ziga jamoa tanladi

  • 26 iyun, 11:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya terma jamoasi yulduzi Krishtianu Ronaldu yangi professional shartnoma tuzish arafasida turibdi, deb xabar tarqatdi taniqli insayder Fabritsio Romano.

Tecno

Manbaga ko‘ra, 40 yoshli hujumchi hozirgi jamoasi “An-nasr”da qolishni ma’qul ko‘rmoqda. Tomonlar muzokaralarni yakunlab bo‘lgan va hamkorlikni tasdiqlovchi rasmiy hujjatlar mutaxassislar tomonidan nazoratdan o‘tkazilyapti.

Bu jarayon yakunlanishi bilan bitim rasman imzolanadi. Ma’lumotlarga qaraganda, yangi shartnoma bir yoki ikki yillik bo‘lishi kutilyapti. Bu ko‘proq Ronalduning istagiga bog‘liq masala. Agar Krishtianu rozi bo‘lsa, hamkorlik 2027 yilning yarmigacha rasmiylashtiriladi.

 Ronaldu riyodliklar safida 2023 yilning boshidan beri o‘ynab kelyapti. Biroq mashhur to‘purar etakchiligidagi jamoa hali biror nufuzli sovringa ega chiqqani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!