Sulsher Ronaldu bilan gaplashdi. Krishtianu MYuga qaytadimi?

  • 22 may, 2021, 23:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu mavsum yakunlanishi bilan Turinni tark etishi kutilmoqda. Yaqinda u shahardan o‘z avtomobillarini olib chiqib ketgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Manbalarning ma’lum qilishicha, “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher portugaliyalik hujumchini olishga qiziqmoqda va bu borada Ronaldu bilan shaxsan gaplashdi. Ronalduning o‘zi ham Angliya premer-ligasiga qaytishga qiziqyapti. Uning asosiy maqsadi faoliyatini yakunlagunicha yana bir marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqishdan iborat.

Ronalduda “Yuventus”da qolish varianti ham bor. Buning uchun turinliklar kelasi mavsum Chempionlar ligasiga yo‘l olishi kerak bo‘ladi.

Ronaldu 2018 yildan beri Turinda to‘p tepmoqda. Uning transferi “Yuventus”ga 117 million evroga tushgan. Krishtianu yiliga 30 million evrodan ko‘proq maosh oladi. Joriy mavsumda hujumchi 33 ta uchrashuvda qatnashib, 29 ta gol urdi va uchta golli pas oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!