Ronaldu o‘zining yangi dunyoga kelgan farzandlari bilan suratga tushdi
Madridning “Real” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘zining “Instagram”dagi sahifasida kuni kecha dunyoga kelgan farzandlari bilan tushgan suratini e’lon qildi.

Ilgariroq, 32 yoshli futbolchining bir necha kun avval surrogat onadan bo‘lgan egizak farzandlari dunyoga kelgani haqida xabar bergan edik.
Qayd etish joiz, Ronaldu farzandlarini ko‘rish uchun Portugaliya terma jamoasi lagerini tark etib, AQShga yo‘l olgan edi.
U suratga “Hayotimda yangi ikki muhabbat kirib kelganidan baxtliman”, – deb izoh qoldirgan.
Fikrlar