
Ronaldu Portugaliyadagi eng qimmat uyni sotib oldi. Bu bejiz emas...
“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Portugaliyadan 18 million evro turadigan villa sotib oldi, deb xabar bermoqda The Sun nashri.
Uy Portugaliya poytaxti Lissabon shahridan 40 daqiqalik yo‘l uzoqligida joylashgan. Villaning umumiy maydoni 2720 kvadrat metrni tashkil qiladi va uch qavatdan iborat. Ronaldu bu hovliga ega bo‘lish uchun 18 million evro to‘ladi va villa o‘z-o‘zidan Portugaliyadagi eng qimmat turar-joyga aylandi.
Villa 2023 yilning yanvar oyida oilaning ko‘chib kelishiga tayyor holatga keltiriladi.
Mutaxassislar Ronalduning o‘z yurtidan uy xarid qilganini kelajakda Portugaliya jamoalaridan biriga o‘tishi mumkinligi bilan bog‘lamoqda.
Fikrlar