Ronaldu raqibga sirini ochdi
Italiya chempionatida Krishtianu Ronalduga qarshi o‘ynagan “Spetsiya” jamoasi hujumchisi Emmanuel Gyasi portugaliyalik hujumchi unga muvaffaqiyat sirini o‘rgatganini ma’lum qildi.
- Uchrashuvdan so‘ng, maydondan chiqishda men Ronaldu bilan ozgina suhbatlashdim. Ronaldu men va shu qatori barcha yosh futbolchilar uchun ilhom manbai ekanini o‘ziga aytdim. Gaplarimdan mamnun bo‘ldi. Keyin menga minnatdorlik bildirib, muvaffaqiyat sirini ochdi. Bunga erishishim uchun qattiq mehnat qilishim, maqsadlarim yo‘lida to‘xtamasligim, shundagina hayotda hamma narsaga ega chiqishim mumkinligini maslahat berdi, - dedi Emmanuel Gyasi.
Krishtianu Ronaldu o‘sha uchrashuvda Gyasi jamoasi darvozasiga bir juft gol urdi.

Fikrlar