Ronaldu “Real” o‘yinchilariga klubdan ketish istagi haqida EChL finalidan oldin aytgan

  • 2 iyun, 2018, 12:41
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning “Liverpul”ga qarshi (3:1) EChL finalidan keyin madridliklar safini tark etishi mumkinligi jamoadoshlari uchun kutilmagan holat bo‘lmadi.

Marca nashrining xabar berishicha, portugaliyalik futbolchi EChL finalidan oldin “Real”ni tark etish istagi bor ekanini klubdagi sheriklariga aytgan. Ronalduning aytishicha, uning jamoadagi vaziyati chegaraga etib borgan.

“Qirollik klubi” rahbariyati Ronalduning EChL finalidan keyin aytgan gaplaridan norozilik bildirdi, ammo o‘z navbatida xotirjamlikni saqlamoqda. Madrid klubi futbolchilari EChL finali Ronalduning “Real”dagi so‘nggi o‘yini bo‘lgan deb hisoblamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!