
Ronaldu Saudiyada o‘ynayotgan bir paytda Messi AQShda to‘p tepishi mumkin
PSJ futbolchisi Lionel Messi va "Barselona" vakili Serxio Buskets AQShda to‘p tepishi mumkin. Bu ikki yulduzga Mayamining "Inter" klubi qiziqish bildirmoqda.
MLS jamoasi bosh murabbiyi Gari Nevill bu borada o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Messi va Busketsga qiziqish bo‘layotgani haqidagi xabarlarni rad etmayman. Klubga kelganimdan beri rahbariyat doimiy ravishda jahon darajasidagi futbolchilar bilan muzokaralar olib bormoqda.
Ular qatorida Serxio Ramos, Dani Alvesh, Robert Levandovski va Luis Suares ham bor. Serxio va Leo ham bizga yordam bera olishiga hech qanday shubha qilmayman", - dedi mutaxassis.
Fikrlar