
Ronaldu shafqatsiz qotil, Messi esa qiynab o‘ldiradi. Runi ushbu ikki futbolchi haqida yana nimalar dedi?
"Derbi Kaunti" klubi hujumchisi Ueyn Runi "Barselona" forvardi Lionel Messi va "Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.
“Biz Ronaldu bilan o‘ynashni boshlaganimizda, u ko‘p gol urishga e’tibor bermasdi. U dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishi aniq edi. U tinimsiz shug‘ullandi va bu o‘z samarasini berdi. Balki, Ronaldu va Messi futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchilardir.
Ammo, Ronaldu do‘stim bo‘lsa ham, men Messini tanlagan bo‘lardim. U maydonda aql bovar qilmaydigan mulohaza yuritadi. U shunchanki to‘pni siljitadi va bu juda oson ko‘rinadi.
Ronaldu maydonda shafqatsiz, u qotil. Ammo, Messi o‘ldirishdan oldin sizni qiynoqqa soladi”, - deydi Runi.
Fikrlar