Ronaldu tanqidchilarni o‘chirib qo‘ydi

  • 3 fevral, 2021, 15:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” bosh murabbiyi Andrea Pirlo Italiya kubogi yarim finalining birinchi uchrashuvida “Inter” darvozasiga ikkita gol urib, turinliklarning g‘alabasini ta’minlagan Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.

Tecno

- Krishtianu Ronaldu “Inter”ga qarshi uchrashuvdagi o‘yini bilan uni tanqid qilayotganlarga munosib javob qaytardi. Ronaldu uni zaxiraga olganimdan norozi bo‘ldi. Lekin A Seriya uchrashuvlaridan oldin uning ko‘proq hordiq chiqarishi uchun shunday qildim, - dedi Andrea Pirlo.

Italiya kubogi yarim finalining javob uchrashuvi 9 fevral kuni Turinda bo‘lib o‘tadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!