Ronaldu terma jamoalar to‘purarlari orasida kuchli uchlikka kirib oldi
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu kecha Misrga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik bahsida dubl qayd etdi.
E’tiborlisi, 33 yoshli futbolchining bu gollari nafaqat jamoasiga g‘alaba keltirdi, balki u terma jamoalar tarkibida eng ko‘p gol kiritgan futbolchilar kuchli uchligiga kirib oldi. Aniqrog‘i Portugaliya termasi safidagi gollari 81taga etgan Ronaldu bu borada 3-o‘rinda borayotgan yaponiyalik Kunisige Kamamotoni (80) ortda qoldirdi.
Bu borada Krishtianu faqat vengriyalik Ferents Pushkash (84) va eronlik Ali Dailardan (109) ortda qolmoqda.

Fikrlar