Ronaldu tufayli MYu yulduzi jamoada qolishga qaror qildi

  • 13 sentabr, 2021, 14:28
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba jamoa bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin.

Tecno

Frantsiyalik futbolchi Manchesterdan ketishga qaror qilayotgan edi. Biroq endi uning rejasi o‘zgardi. Bu haqda "The Athletic" nashri xabar tarqatmoqda. Pogba jamoa safiga yaqindagina kelib qo‘shilgan Ronaldu sababli klubda qolmoqchi.

28 yoshli xavbek "qizil iblislar" tarkibi kuchayganligini sezmoqda va bu sovrin yutish uchun yaxshi imkoniyat, deb hisoblayapti. Pogba va MYu o‘rtasidagi muzokaralar yaqin kunlarda boshlanishi kutilmoqda. Avvalroq, u "Real" yoki sobiq klubi "Yuventus" safiga ko‘chib o‘tishi mumkinligi aytilayotgandi.

Pol joriy mavsum mankuniyaliklar tarkibida 4 o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!