Ronaldu Xamesni "Yuventus"ga chaqirdi
"Yuventus" klubi forvardi Krishtianu Ronaldu “Real”dagi sobiq jamoadoshi Xames Rodrigesni Turinga chorlamoqda.
Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 34 yoshli portugaliyalik futbolchi FaceTime orqali kolumbiyalik futbolchi bilan bog‘langan va uni “Yuve”ga chaqirgan.
Ta’kidlash kerakki, Xames so‘nggi ikki mavsumni “Bavariya”da ijara asosida o‘tkazdi va u erda etakchi futbolchiga aylana olmadi. Shu bois myunxenliklar ham uni sotib olishni xohlashmayapti. O‘z navbatida u “Real”ga ham qayta olmaydi. Chunki, madridliklar ustozi Zinedin Zidan ham uni jamoada ko‘rish istagida emas.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Karlo Anchelotti Xamesni “Napoli”ga olib kelmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi.



Fikrlar