
Ronaldu yangi cho‘qqini birinchi zabt etdi. Messi bu marraga etishni orzu qiladi
Krishtianu Ronaldu “Lion”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda raqib darvozasiga ikkita to‘p kiritib, Chempionlar ligasida urgan gollari sonini 130 taga etkazib oldi. Shu tariqa, “Yuventus” hujumchisi bu marrani zabt etgan birinchi futbolchiga aylandi.
Chempionlar ligasining eng zo‘r to‘purari nominatsiyasida portugaliyalik hujumchi bilan raqobatlashayotgan Lionel Messi bu marraga etishi uchun biroz ter to‘kishi kerak bo‘ladi. “Barselona” etakchisi Evropaning eng zo‘r turnirida 114 ta gol urgan.
Bu borada kuchli uchlikni faoliyatini ancha oldin tugatgan Raul Gonsales yakunlagan. “Real” va “Shalke”ning sobiq hujumchisi hisobida 71 ta gol bor. Faoliyatini davom ettirayotgan forvardlar orasida esa Karim Benzema 65-golini urdi va yaqin yillarda Rauldan o‘zib ketishi mumkin bo‘lsa-da, Ronaldu hamda Messiga eta olmasligi kundek ravshan.
Fikrlar