Ronaldu yangi sorvin olganidan keyin nima dedi?

  • 28.12.2020 11:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Krishtianu Ronaldu Globe Soccer tomonidan XXI asrning eng yaxshi futbolchisiga atalgan sovrinni qo‘lga kiritganidan keyin o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

- Bu sovrinni qo‘lga kiritganimdan behad mamnunman. Professional futboldagi faoliyatimning 20 yilligini nishonlayotgan bir paytda, bu zo‘r sovg‘a bo‘ldi.

Men yilning eng yaxshi futbolchisi Robert Levandovskini, yilning va asrning eng yaxshi murabbiylari bo‘lgan Xans-Diter Flik va Xosep Gvardiolani, turli sovrinlarni qo‘lga kiritgan boshqa futbolchi va mutaxassislarni tabriklayman, - dedi Krishtianu Ronaldu.

Krishtianu Ronaldu Globe Soccer so‘rovnomasida 38  foiz ovoz to‘plab, Lionel Messi va Muhammad Salohni ortda qoldirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!