Ronaldu “Yuve” rahbariyatidan nimani so‘raydi?

  • 31 mart, 2021, 17:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronaldu “Yuventus”ga jamoani Evropa Chempionlar ligasida g‘oliblikka etaklash uchun olib kelingan. Chunki turinliklar ichki chempionatda portugaliyalik yulduzsiz ham qiyinchiliksiz g‘alaba qozonib kelayotgan edi.

Tecno

Lekin aksiga olib, Ronaldu kelganidan buyon “Yuventus” qit’aning eng nufuzli musobaqasini nimchorak finaldayoq tark etmoqda.

Bu gal ham klub musobaqadan chiqib ketganidan keyin yiliga 31 million evro maosh olayotgan Ronalduning transferga qo‘yilishi haqida xabarlar urchib ketdi. Biroq, turinliklar vitse-prezidenti Pavel Nedved to‘purar hujumchi jamoada qolishini ma’lum qildi.

Oxirgi xabarlarga qaraganda, Krishtianu Ronaldu may oyida klub rahbariyati bilan uchrashadi. 36 yoshli futbolchi rahbarlarga Chempionlar ligasida g‘olib chiqish uchun tarkibni shunga yarasha shakllantirish va kuchaytirish lozimligini tushuntirmoqchi.

Avvalroq, “Yuventus” xo‘jayinlari agar jamoa joriy mavsum yakunlariga ko‘ra, Chempionlar ligasiga yo‘llanma ola bilmasa, Andrea Pirlo ishdan olinishini  bildirgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!