Ronaldu «Yuve»da qachongacha qolishi va keyin qaysi jamoaga o‘tishi ma’lum bo‘ldi

  • 4 may, 2021, 15:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

26 yoshli Krishtianu Ronaldu hali futbolchi tark etish niyati yo‘qligini ma’lum qildi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, portugaliyalik yulduz “Yuventus”da shartnomasi yakunlanguncha to‘p tepadi. Uning turinliklar bilan kelishuvi 2022 yilning yozigacha amal qiladi.

Ronaldu Italiyadagi faoliyatini yakunlab, yurtiga qaytib boradi va o‘zi katta futbolga qadam qo‘ygan “Sporting” jamoasida o‘ynashni rejalashtirmoqda.

Ronaldu “Yuventus”ga kelgunga qadar “Manchester Yunayted” v “Real” jamoalarida o‘ynagan. 2018 yili Turinga ko‘chib o‘tdi. Futbol tarixida rasmiy uchrashuvlarda eng ko‘p gol urgan hujumchining yagona orzusi yana bir bor Evropa Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish ekani aytilmoqda.

Joriy mavsumda Ronaldu A Seriyada 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 27 marotaba ishg‘ol qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Bek lets play
04/05/2021 15:19
26 йош? Качонгачам хато киласанла