Ronaldu "Yuventus" rahbariyatidan Ramosni sotib olishni so‘ramoqda

  • 24 may, 2019, 21:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Yuventus" klubi forvardi Krishtianu Ronaldu "Real"dagi sobiq jamoadoshi Serxio Ramosni Turinda ko‘rishni xohlamoqda.

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra portugaliyalik futbolchi “keksa sinora” rahbariyatidan 33 yoshli ispaniyalik futbolchini sotib olishni so‘ragan. Aytish kerakki, Ramosning tovon puli 800 mln evro hisoblanadi. Biroq, uning o‘zi ham “qirollik klubi”dan ketishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot uchun, Ramos “Real” safida 2005 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 42ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 11ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!