
Ronaldu "Yuventus"ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi (video)
Italiya A Seriyasining 29-turida “Yuventus” safarda hamshahari “Torino” mehmoni bo‘ldi.
Murosasiz kurashlarga boy kechgan bu safargi Turin derbisida kuchlar teng keldi – 2:2. Mezbonlar safida har ikkala golni ham Antonio Sanabriya (27', 46') kiritgan bo‘lsa, mehmonlarning gollariga Federiko Keza (13') va Krishtianu Ronaldu (79') mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar