Ronaldu "Yuventus"ning navbatdagi o‘yinini o‘tkazib yuboradi
Turinning "Yuventus" klubi forvardi Krishtianu Ronaldu yaqinlashib kelayotgan "Atalanta"ga qarshi bahsda jamoasiga yordam bera olmaydi.
Tuttomercatoweb nashri tarqatgan xabarga qaraganda “keksa sinora” bosh murabbiyi Massimiliano Allegri 33 yoshli portugaliyalik futbolchiga dam berishga qaror qilgan.
Ma’lumot uchun, Ronaldu joriy mavsum turinliklar safida jami 22ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 12ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Eslatib o‘tamiz, "Atalanta" - "Yuventus" uchrashuvi ertaga bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar