
Ronalduga Evropada variant bor, “An-Nasr” tezroq bir qarorgan kelishni talab qilmoqda
Krishtianu Ronaldu Germaniya mezbonlik qilgan Evropa chempionatida Portugaliya terma jamoasi safida barcha – beshta uchrashuvda maydonga tushgan uchta o‘yinchidan biri bo‘ldi.
Evropa matbuoti 39 yoshli futbolchida Evropaga qaytish imkoniyati tug‘ilgani haqida yoza boshladi. Avvalroq, Germaniya chempioni “Bayer” unga xaridor bo‘layotgani haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi. Endi unga PSJ varianti qo‘shildi.
Manbalar Krishtianuga transfer oynasi yopilgunga qadar yana kuchli ligalardan chorlov bo‘lishi ehtimoli katta ekanini ma’lum qildi.
“An-Nasr” jamoaga katta foyda keltirayotgan portugaliyalik yulduzni ushlab qolmoqchi. Saudiyaliklar Ronaldu bilan hamkorlikni 2026 yilgacha, ya’ni jahon chempionatigacha uzaytirishni rejalashtirmoqda.
Shu bois, “An-Nasr” rahbariyati Ronaldudan kelajagi borsida tezroq bir qarorga kelishni so‘rayapti. Manbaga ko‘ra, hamkorlik bo‘yicha muzokaralar yangi mavsum boshlangunicha davom ettiriladi.
Fikrlar