Ronalduga jiddiy xaridor chiqdi

  • 13 aprel, 2022, 19:02
  • 0
  • Futbol

El Nacional nashri “Manchester Yunayted” rahbariyati Krishtianu Ronaldu bilan xayrlashishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

Manbaning ta’kidlashicha, portugaliyalik yulduzga jiddiy xaridor chiqqan. PSJ  mutasaddilari yozda Krishtianuni Parijga olib kelish bo‘yicha ish boshlashga tayyor.

Hozir PSJni Zinedin Zidan boshqari ehtimoli katta. Frantsiyalik mutaxassis 37 yoshli hujumchi bilan do‘stona aloqalarni saqlab qolgan. Parijliklar Ronalduni olishda aynan mana shu omildan foydalanib qolmoqchi.

Ronalduning amaldagi shartnomasi kelasi yili yakunlanadi. “Manchester Yunayted” Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashdan chiqqani futbolchining tanloviga ta’sir qilishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!