
Ronalduga rekord uchun yana imkon beriladi
Futbol jamoatchiligi milliy terma jamoa safida gol urish bo‘yicha yangi rekord o‘rnatilishini kutmoqda. Hozirgi rekord Eron terma jamoasi hujumchisi Ali Dayiga tegishli bo‘lib, mohir hujumchi raqiblar darvozasini 109 marta ishg‘ol qilgan.
Uning ko‘rsatkichini Portugaliya terma jamoasida 165 ta uchrashuvda 101 ta gol urgan Krishtianu Ronaldu yo‘qqa chiqarishi mumkin. Buning uchun Ronalduda yaxshi imkoniyat bor. 35 yoshli hujumchi 7 oktyabr kuni Ispaniyaga qarshi o‘tkaziladigan o‘rtoqlik o‘yini va UEFA Millatlar ligasining Frantsiya va Shvetsiya bilan bo‘ladigan rasmiy uchrashuvlarga taklif etildi.
Portugaliya terma jamoasi murabbiylar shtabi bo‘lajak bellashuvlarga quyidagi futbolchilarni taklif etdi:
Darvozabonlar: Antoni Lopesh («Lion»), Ruy Patrisiu («Vulverxempton»), Ruy Tiagu Silva («Granada»).
Himoyachilar: Joau Kanselu («Manchester Siti»), Nelson Semedu («Vulverxempton»), Joze Fonte («Lill»), Pepe («Portu»), Ruben Diash («Manchester Siti»), Ruben Semedu («Olimpiakos»), Mariu Ruy («Napoli»).
Yarim himoyachilar: Rafael Gerreyru («Borussiya» Dortmund), Danilu Pereyra («Portu»), Ruben Nevesh («Vulverxempton»), Vilyam Karvalyu («Betis»), Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted»), Renatu Sanshesh («Lill»), Joau Moutinyu («Vulverxempton»), Serjiu Oliveyra («Portu»), Daniel Podense («Vulverxempton»), Rafa Silva («Benfika»), Bernardu Silva («Manchester Siti»), Diogu Jota («Liverpul»), Fransishku Trinkau («Barselona»), Joau Felish («Atletiko»).
Hujumchilar: Andre Silva («Ayntraxt»), Krishtianu Ronaldu («Yuventus»).
Fikrlar