Ronalduga yangi variant chiqdi. U Turinni tark etishga tayyor!

  • 19.07.2021 20:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Yuventus” rahbariyati Krishtianu Ronaldu masalasida yangi g‘oyani ilgari sura boshladi. Turinliklar ayni paytda PSJ hujumchisi Mauro Ikardi xizmatiga jiddiy ehtiyoj sezmoqda. Shu bois, ular parijliklarni argentinalik hujumchini Krishtianu Ronalduga almashtirishga chorlamoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, Ronalduning 31 million evrolik maoshi italiyaliklarga og‘irlik qila boshlagan. Shuning barobarida “Yuventus” portugaliyalik futbolchi bilan amaldagi shartnoma uzaytirish bo‘yicha muzokara olib bormoqda va bu jarayonda uning maoshini pasaytirishga urinmoqda.

“Pari Sen-Jermen” o‘z tarkibiga yulduzlarni jamlayotganidan xabaringiz bor. Maurisio Pochchetino uchun ham asosiy tarkibga kirishga qiynalayotgan Ikardi o‘rniga Ronalduni olish ancha foydali.

Bundan tashqari, PSJning eng yorqin yulduzi Kilian Mbappe klubdan ketishga tayyorlanyapti. Agar u Parijni tark etsa, Ronaldu uning o‘rnini egallashi muxlislarni ancha tinchlantiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!