Mendesh Ronalduni boshqa jamoaga o‘tkazish yo‘lini topdi

  • 27 avgust, 2022, 21:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronalduning agenti Jorje Mendesh portugaliyalik to‘purarni Chempionlar ligasida qatnashadigan jamoaga joylash fikridan qaytgani yo‘q.

Tecno

Mendesh Ronalduga joy ochish uchun “Napoli” va “Milan” klublariga hujumchilarini sotib yuborishga ko‘maklashadigan bo‘ldi.

“Napoli” nigeriyalik hujumchi Viktor Osimxenni qimmatroq narxga sotmoqchi. Agar Mendesh 23 yoshli forvardga yangi jamoa topib bersa, Ronaldu Neapolga yo‘l olishi mumkin.

Shuningdek, “Milan” hujumchisi Rafael Leauning bozori qaynayapti. Mendesh milanliklarni portugaliyalik futbolchini sotib yuborishga ko‘ndirib, o‘rniga Krishtianuni olib kelishni rejalashtirgan. Jorje Mendesh bungacha o‘z mijozining xizmatlarini “Chelsi”, “Marsel” va “Sporting” jamoalariga taklif qilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!