Ronalduni ketkazib bo‘lmaydi!

  • 21 iyun, 2020, 14:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning sobiq hujumchisi Predrag Miyatovich madridliklarning transfer siyosatini tanqid qildi.

Tecno

- Biz zo‘r o‘yinchilarimizni boshqa jamoalarga yordam berishiga yo‘q qo‘ymasligimiz kerak. Ular faqat “Real” uchun o‘ynashi shart. Amalda bunday bo‘lmayapti. Klub tarxidan joy olgan Raul, Fernando Yerro va Iker Kasilyasdan voz kechishdi. Hozir Serxio Ramos ularning vaziyatiga tushishga yaqin. U bilan ikki-uch yillik shartnoma qilib, faoliyatini “Real”da tugatishiga imkon berish lozim.

Agar mening qo‘limda bo‘lganida, Krishtianu Ronalduning ham ketishiga yo‘l qo‘ymasdim. Luka Modrich ham jamoada qolishi kerak. To‘g‘ri, ularning jismoniy holati avvalgidek emas, lekin tajribali va mashhur o‘yinchilar klubga kelayotgan yoshlarni tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi, - deydi Miyatovich.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!