
Ronalduni MYuda ushlab turgan yagona sabab oshkor bo‘ldi
"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu yaqin vaqtlar ichida boshqa jamoaga o‘tish haqida o‘ylamayapti.
Bosh murabbiy Ralf Rangnik bilan munosabatlari yomon bo‘lishiga qaramay, Krishtianu "Yunayted"ni tark etmoqchi emas.
37 yoshli portugaliyalik va uning oilasi Manchesterdagi hayotidan mamnun. Shu tufayli, u shartnomasi tugaguniga qadar "qizil iblislar" sharafini himoya qiladi, deya xabar bermoqda "AS" nashri.
Joriy mavsum Krishtinu jami 27 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol va 3 ta assistni o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan. 2022 yilda u 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, hali raqiblar darvozasini ishg‘ol qilmadi.
Fikrlar