
Ronalduni sog‘inayotgan “Real” nihoyat super to‘purar olmoqda
“Real” prezidenti Florentino Peres jamoaning sermahsulligini oshirish uchun “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovskini olib kelishga qaror qildi.
Ma’lumki, Krishtianu Ronaldu “Yuventus”ga o‘tib ketganidan buyon madridliklarda to‘purar hujumchiga katta ehtiyoj sezilmoqda. Madridliklar bu ehtiyojni yosh hujumchilar – Kilian Mbappe va Erling Xoland evaziga qondirmoqchi edi. Lekin bu ikki to‘purarni bu yilgi transferlar oynasi vaqtida qo‘lga kiritishning imkoni yo‘q.
Shuning uchun Florentino Peres to‘purar hujumchi masalasini 31 yoshli polshalik futbolchini olib kelish orqali hal qilishni istamoqda. Levandovski Bundesligada aynan Peres istagan natijalarni qayd etmoqda. U so‘nggi besh mavsumda 40 tadan ko‘p gol urmoqda. Joriy mavsumda 25 ta o‘yinda raqiblar darvozasini 27 marotaba ishg‘ol qilldi va uchta golli pas uzatdi.
Fikrlar