Muhammad Salohni sindirish siri (foto)

  • 17 may, 2020, 10:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” himoyachisi Jorjo Kellini “Real” himoyachisi Serxio Ramos o‘yinlaridan hayratlanishini ma’lum qildi.

Tecno

- Ramos dunyoning eng zo‘r himoyachisi. Uni taktikaga amal qilmaslik va buning oqibatida mavsum davomida 8-10 ta gol bo‘lishida ayblashadi. Lekin uning texnikasi o‘ta kuchli va u hujumchi bo‘lishi ham mumkin, - deydi Jorjo.

Shuningdek, italiyalik futbolchi hamkasbning himoyachilarga xos sirini ham ochdi.

- Uning hech kimda uchramaydigan ikki ustunligi bor. Birinchisi, muhim o‘yinlarda mas’uliyatni o‘ziga olib, hal qiluvchi rol o‘ynay oladi. Ikkinchisi esa, u raqibning muhim o‘yinchilariga ayyorona tarzda jarohat etkazish usullarini juda yaxshi biladi.  U 2018 yilgi Chempionlar ligasi finalida “Liverpul”ning eng xavfli hujumchisi Muhammad Salohga ana shunday jarohat etkazdi. Garchi Ramos hammasi tasodifan bo‘lganini aytsa ham, u o‘sha vaziyatda raqib qo‘lini qo‘yib yubormasdan yiqilsa,  bunday holatning o‘ntadan to‘qqiztasi qo‘l sinishini yaxshi bilardi, - deydi Kellini.

4705973

9127f1ea4f762e47c1a9c2d60d9d2fb85b09d90937d20821504673

Kellini esga olgan final bahsining 30-daqiqasida Muhammad Saloh Ramos etkazgan jarohat tufayli maydonni ko‘z yoshlari bilan tark etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!