Ronalduni zaxirada qoldirgan Rangnik bu qaroriga izoh berdi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ralf Rangnik nima sababdan Krishtianu Ronaldu APL 24-turidan o‘rin olgan "Byornli"ga qarshi bahsni zaxirada boshlaganini aytdi.
"Biz bir necha hafta oldin "Byornli" bilan o‘ynaganmiz. Bundan tashqari, ular ishtirokidagi uchrashuvlarni etarlicha kuzatdik. Ularga qarshi bellashuv avvalida ko‘p yugurish, to‘pni quvish va kurashish kerak.
Kavanini asosiy tarkibda tushirishni afzal bildim. Sababi, u yuqoridagi vazifalarni yaxshiroq bajara oladi", - dedi Rangnik.
Fikrlar