Ronalduning agenti bilan uchrashdim!

  • 7 iyul, 2022, 18:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” prezidenti Joan Laporta “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu, “Manchester Siti” futbolyaisi Bernardu Silva manfaatlarini himoya qilayotgan agent Jorje Mendesh bilan uchrashganini tan oldi.

- Men Jorje Mendesh bilan uchrashganim va transfer bozori masalalarini muhokama qilganim rost. Ronaldu “Barselona”ga kelishi haqida so‘rashmoqda. Lekin men qaysi o‘yinchilar haqida gaplashganimizni aytmayman, - dedi Joan Laporta.

Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted”ning mavsumoldi yig‘iniga kelmagani uning jamoadan ketishi haqidagi xabarlarni avj oldirmoqda.

Shuningdek, Bernardu Silva ham “Manchester Siti”dan ketib, faoliyatini Kataloniya superklubida davom ettirishni istayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!