Ronalduning agenti hujumchiga kutilmagan jamoadan ish so‘radi

  • 20 avgust, 2022, 21:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” hujumchisi faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin, deb xabar tarqatdi taniqli jurnalist Nikkolo Chekkarini.

Manbaning ta’kidlashicha, portugaliyalik yulduzning agenti Jorje Mendesh “Marsel” mutasaddilari bilan muzokara o‘tkazib, futbolchining transfer imkoniyatlarini muhokama qilgan.

Avvalroq, Ronaldu oldida faqat ikki variant – “Borussiya” va “Sporting” qolgani aytilgandi.

Krishtianuni tarbiyalagan klub uni qaytarishga qiziqish borligini tan olgan bo‘lsa, dortmundlikoar bosh direktori Xans-Yoaxim Vattske 37 yoshli futbolchi transferini inkor qilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!