
Ronalduning do‘sti Runi Messini hamon eng zo‘ri deb biladi (foto)
"Manchester Yunaytyod" sobiq futbolchisi Ueyn Runi "Tvitter"dagi sahifasi orqali 2012 yildagi "tvit"iga izoh qoldirdi.
Unga ko‘ra, hujumchi o‘shanda "Messi - hazilga o‘xshaydi. Men uchun u eng zo‘ri", deya yozib qoldirgan. Jahon chempionati yarim finalida Leo boshchiligidagi Argentina Xorvatiyani mag‘lub etganidan so‘ng, Runi o‘sha postiga javoban "hamon hech narsa o‘zgarmagan", deya izoh qoldirdi.
Ma’lumot o‘rnida, ko‘p yillar mobaynida Messining azaliy raqibi sifatida e’tirof etiladigan Krishtianu Ronaldu bilan birga to‘p tepgan.
Fikrlar