
Ronalduning jamoasiga 100 million evrolik yulduz keladi
Krishtianu Ronaldu o‘ynayotgan “An-Nasr” klubi Saudiya Arabistoni chempionligi uchun kurashish maqsadida yangi transferlarni amalga oshirishga harakat qilmoqda.
Riyodliklar bu gal “Barselona” yulduzi Rafinyani olib kelmoqchi. Kataloniyaliklar Evropa chempionati qahramonlari – Niko Uilyams va Daniel Olmoni transfer qilish uchun o‘z tarkibidan kamida bir nafar qimmatbaho o‘yinchilardan birini sotib yuborishi kerak.
“An-Nasr” taklif qilayotgan summa “Barselona”ga ma’qul kelishi aniq. Shayxlar 27 yoshli futbolchi uchun 100 million evro taklif qilyapti.
Eskpertlarning ta’kidlashicha, Rafinyaning o‘zi Evropa futbolini tark etishga shoshilayotgani yo‘q. Kataloniyalik klubi mutasaddilari esa, mo‘may daromad ilinjida uni bu transferga ko‘ndirishga harakat qiladi.
Fikrlar