Ronalduning kelajagi oydinlashib bormoqda
"Roma" "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan shartnoma imzolashi mumkin.
"La Gazetta dello Sport" nashri bergan xabarga ko‘ra, Jorje Mendesh o‘z mijoziga yangi klub qidirmoqda. Agen Krishtianu xizmatlarini "Roma"ga taklif qildi. Mendesh "bo‘rilar" ustozi Joze Mourino bilan ham hamkorlik qiladi va bu Ronalduning ehtimoliy transferi amalga oshishiga hissa qo‘shadi.
Ronaldu shu yozning o‘zidayoq MYuni tark etishi mumkin. Yangi kelgan murabbiy Erik ten Xagga portugaliyalik yulduz ishonmaydi.
Avvalroq, "Chelsi" xo‘jayini Todd Boeli Jorje bilan Ronalduning transferini muhokama qilgandi. Shuningdek, uning "Bavariya"ga o‘tishi mumkinligi haqida ham xabarlar chiqqan.



Fikrlar