
Ronalduning kelgani menga yoqmadi!
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp debyut uchrashuvida “Manchester Yunayted” uchun ikkita gol urgan Krishtianu Ronalduning premer-ligaga qaytganiga munosabat bildirdi.
- Men Ronalduning “Yunayted”ga kelganidan xursand emasman. Afsuski, u juda yaxshi futbolchi. Men uning premer-ligaga qaytganidan hayron bo‘ldim. Ronaldu “Yuventus”dan ketishi haqidagi gaplarni eshitganimda ham hayratga tushgandim. Bunday bo‘lishini kutmagandim.
Krishtianu “Siti”ga o‘tayotgani haqida gap tarqalganda “Yunayted” qay ahvolga tushishi qiziq tuyuldi. Lekin MYu o‘z vaqtida harakat qilib, uni o‘z safiga qo‘shdi. Ular istagani qilishi mumkin, - dedi Yurgen Klopp.
Fikrlar