
Ronalduning ketgani sezilmadi!
La Liga prezidenti Xaver Tebas mashhur hujumchi Krishtianu Ronalduning ketgani Ispaniya chempionatining nufuziga ta’sir qilmaganini ta’kidladi.
- Ronalduning ketgani “Real”ni qayg‘uga solgan bo‘lsa-da, La Liga mavqeiga ta’sir qilgani yo‘q va bu sezilmadi. Biz yillar davomida musobaqa obro‘si alohida futbolchilarga bog‘lanib qolmasligi uchun ancha ish qilganmiz. Lekin Messi bilan bog‘liq vaziyat bundan mustasno. Leo futbol tarixidagi eng zo‘r futbolchilardan. Butun faoliyatini Ispaniyada o‘tkazmoqda. Albatta, u faoliyatini yakunlasa, buni hamma his qiladi, - dedi Tebas.
“Real”dan “Yuventus”ga o‘tgan Ronaldu koronavirus karantinidan keyin optimal sport foramasiga kira olmayapti va muxlisu mutaxassislar tomonidan tanqid qilinmoqda. Messi esa primera o‘yinlarida “Barselona” g‘alabalariga katta hissa qo‘shmoqda.
Fikrlar