Ronalduning nomi o‘chmaydi

  • 3 sentabr, 2021, 17:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ga ko‘chib o‘tgin Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safidagi to‘purarligi tufayli Ginnessning rekordlar kitobiga kiritildi.

Yaqinda 36 yoshli hujumchi 2022 yilgi jahon chempionatining saralash uchrashuvida Irlandiya darvozasiga bir juft to‘p kiritib, milliy terma jamoasi safidagi gollari sonini 111 taga etkazib olgandi.

Shu tariqa, Ronaldu eronlik Ali Dayining 109 ta goldan iborat rekordini yo‘qqa chiqarib, o‘z nomini tarixga yozib qo‘ydi. Uning bu rekordi Ginness kitobida ham rasman o‘z aksini topdi.

ronaldo-premiere-header_tcm25-405359

- Ginnessning rekordlar kitobi xodimlariga rahmat. Jahon miqyosida rekordchi sifatida e’tirof etilishim juda yoqimli. O‘z yo‘limizni davom ettirib, yangi marralarni zabt etishga harakat qilamiz, - deb izoh qoldirdi Ronaldu ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!