Ronalduning onasi uni sobiq jamoasiga qaytarishga ko‘ndirmoqchi

  • 13.05.2021 16:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduning onasi Doloresh Aveyru o‘g‘lining kelajak faoliyati haqida gapirib o‘tdi.

"Men u bilan gaplashaman va uni kelasi yil "Sporting"ga o‘tishga ko‘ndirishga harakat qilaman", - dedi Aveyru Football Italia nashriga bergan intervyusida.

36 yoshli Ronaldu "Sporting" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2003 yilgacha ushbu klub sharafini himoya qilgan. Shundan so‘ng 2003 yilda "Manchester Yunayted"ga ko‘chib o‘tgan.

Portugaliyalik yulduzning "Yuventus" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilda o‘z nihoyasiga etadi. So‘nggi paytda yozda uni “Manchester Yunayted”ga qaytishi mumkinligi haqida ham juda ko‘p xabarlar tarqalmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!