Ronaldu Rangnikni “erga urdi”

  • 15 fevral, 2022, 15:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Krishtianu Ronaldu bosh murabbiy Ralf Rangnikning saviyasi “Manchester Yunayted”ni boshqarishga to‘hri kelmasligini aytdi.

AS nashrining xabar berishicha, futbolchi va murabbiy o‘rtasidagi munosabatlar ancha taranglashgan. Portugaliyalik yulduz germaniyalik murabbiyning ish uslubini tanqid qilmoqda. Rangnik esa Krishtianu ko‘rsatayotgan o‘yin va natijalaridan qoniqmayapti.

Bundan tashqari, jamoaning etakchi o‘yinchilari ham Ralf Rangnikning ish uslubi va jamoadagi siyosatini ma’qullamayapti.

Jamoaning ichki muhiti Ronalduning samaradorligiga ta’sir o‘tkazyapti. Portugaliyalik to‘purar ketma-ket olti uchrashuvdan beri raqib darvozasiga yo‘l topa olmayapti. Joriy mavsumda premer-ligada 20 ta uchrashuvda qatnashgan futbolchi sakkizta to‘p kiritib, uchta golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Aziz Yuldashev
15/02/2022 16:40
Роналду кайфият ўйинчиси, мотивация бериб туришса голларни тахлайди