Ronalduning ustozi ishdan olindi

  • 18 avgust, 2024, 10:19
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistoni Superkubogi uchun o‘tkazilgan uchrashuvda “An-Nasr” futbolchilari “Al-Hilol”dan 1:4 hisobida qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi.

Tecno

Aslida o‘yin “An-Nasr” uchun muvaffaqiyatli boshlangan bo‘lib, Krishtianu Ronaldu birinchi bo‘lim oxirida hisobni ochgan edi.

Biroq bellashuvning ikkinchi yarmida”Al-Hilol”ga Evropa ligalaridan olib kelingan charm to‘p ustalari – Sergey Milinkovich-Savich va Malkom bittadan, Aleksandr Mitrovich ikkita gol urib, Ronalduni yana sovrinsiz qoldirdi.

Bu mag‘lubiyatdan keyin “An-Nasr” rahbariyati bosh murabbiy Luish Kashtruni ishdan haydadi, deb xabar tarqatdi Alyaum nashri.

 Luish Kashtru jamoani 2023 yili qabul qilib olgandi va uning klub bilan yana bir yillik shartnomasi bor edi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “An-Nasr” klubi direktorlar kengashi raisi Ibrohim Al-Muxaddib yangi bosh murabbiy masalasi bilan shaxsan shug‘ullanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!