Ronalduning yangi shartnomasi muddati va maoshi ma’lum bo‘ldi!

  • 17 iyul, 2021, 20:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” rahbariyati jamoa to‘purari Krishtianu Ronaldu bilan yangi shartnoma borasida muzokaraga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Unga ko‘ra, turinliklar portugaliyalik hujumchining 2022 yilning yozida yakunlanadigan shartnomasini yana bir yilga uzaytirishni taklif qiladi. Biroq, Ronaldu klubda qolishga qaror qilsa, maoshining pasayishga ham rozi bo‘lishi kerak. Turinliklar unga yiliga 31 million evro o‘rniga 20 million evrodan to‘lamoqchi.

Krishtianu Ronaldu ayni paytda Evropa chempionatidan so‘ng hordiq chiqarmoqda. U ta’tildan 25 iyulda qaytadi va klubga borib, muzokaralarga qo‘shiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!