Rossiya chempionati to‘xtatilsa, legionerlarimiz Superliga klublariga shartli ravishda qo‘shila oladimi? Diyor Imomxo‘jaev vaziyatga oydinlik kiritdi

  • 24 fevral, 2022, 19:50
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi nizoli vaziyat futbolni ham chetlab o‘tmayapti. 

Tecno

Jumladan, bir necha soat oldin Ukraina Premer-ligasi to‘xtatilgani haqida rasmiy xabar chiqdi. Katta ehtimol bilan, Rossiya Premer-ligasining 26 fevralda boshlanishi kerak bo‘lgan ikkinchi davrasi ham ortga surilishi mumkin.

Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi. Agar Rossiya chempionati o‘yinlari o‘tkazilmasa, legionerlarimizning holi qanday kechadi? Ular mavsum boshlanganidan so‘ng O‘zbekiston Superligasida o‘ynash huquqiga ega bo‘ladimi? Bu borada O‘zPFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jaev bilan bog‘lanib, masalaga oydinlik kiritishga harakat qildik:

"Bu ko‘rib chiqishga arziydigan masala. Reglamentga ko‘ra, imkon bor. O‘zi reglamentning maqsadi ham aynan futbolchi huquqlarini himoya qilish. Agar Rossiya klublari chempionatni davom ettira olmasa, keyin biz vaziyatga qarab qaror qilishimiz mumkin.

Hujjatda "force major" holatlarda, klub bankrotlikka uchrasa, mumkin deyilgan. Shu narsa aniq-ki, agar rossiyada futbol to‘xtatilib, legionerlarimiz ortga qaytishni istasa, PFL ularga albatta yordam beradi. Reglament xorijda to‘p tepayotgan o‘zbeklarni shunchaki ko‘chada qoldirmaydi. Bu masalaning eng oxirgi bosqichi. Chempionat osonlikcha to‘xtatilmasligi ham turgan gap.

Bu mavzuda ikki xil holat bo‘lishi mumkin. Ya’ni, futbolchi unga bog‘liq bo‘lmagan sabab bilan ortga qaytishga majbur bo‘lsa, yordam bera olamiz. Biroq klubi bilan kelisha olmay, mavsum yarmida kelsa, PFL ularga chempionatda o‘ynash huquqini taqdim qila olmaydi".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!