
Rossiya Evro-2020 dan oldin qaysi terma jamoalar bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi?
Rossiya futbol ittifoqi mamlakat terma jamoasining Evro-2020 dan oldin qaysi jamoalar bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazishini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra Stanislav Cherchesov shogirdlari qit’a birinchiligidan oldin Shvetsiya (28 mart), Moldova (31 mart), Polsha (2 iyun) va Serbiya (6 iyun) terma jamoalariga qarshi o‘yinlar o‘tkazishadi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Evro-2020 guruh bosqichida Belgiya, Daniya va Finlyandiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar