Rossiya klubi O‘zbekiston chempioni bilan kuch sinashdi. Futbolchimiz maydondan chetlatildi...

  • 14 fevral, 22:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

O‘z tarixida ilk bor O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgan “Nasaf” yangi mavsumga Turkiyada tashkil etilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Qarshiliklar navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvida Rossiya Premer-ligasi vakili “Fakel” bilan kuch sinashdi.

Uchrashuvda hisob ochilmadi.

“Nasaf” 55-daqiqada bir kishi kam bo‘lib qoldi. Javohir Siddiqov ikkinchi marotaba ogohlantirish olgandan keyin maydonni tark etishga majbur bo‘ldi.

“Nasaf” O‘zbekiston Superligasining yangi mavsumini 9 mart kuni boshlaydi. Shu kuni mamlakat chempioni o‘tgan yilgi chempionatni uchinchi o‘rinda yakunlagan “So‘g‘diyona” futbolchilari qabul qiladi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Сохипов Хусанбой
15/02/2025 08:39
Сугдиёна 3 уринда якунламаган, Навбахор 3 уринни олган, макола ёзган одам кайси йилни айтаяпти хайронсан.
Rest Lover
14/02/2025 23:43
У́збекистон жамоалари хам кучайган