Rossiya klublari Evrokuboklarda antirekord o‘rnatishdi
Rossiya klublari Evrokuboklarning joriy mavsumida guruh bahslarida g‘alaba qozona olgani yo‘q.
Evropa Ligasi 4-turida TsSKA "Feyenoord" bilan ochkolarni bo‘lishib oldi. Bungacha moskvaliklar ikki o‘yinda durang va bir mag‘lubiyat qayd etgan, "Lokomotiv" Moskva hisobida ham uch durang va bir mag‘lubiyat bor.
Chempionlar ligasi ishtirokchilari "Krasnodar" va "Zenit" klublari uch martabadan mag‘lubiyatga uchrab, bitta o‘yinda durang o‘ynagan.
Fikrlar